05Dec-2025
«Mudom xizmat qilgin xalq uchun» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
#Berdaq_G‘arg‘aboy_o‘g‘lining_198_yilligi
✳️Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi, adabiy maktabning yaratuvchisi Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining 198 yilligi tumandagi 28-sonli maktabda «Mudom xizmat qilgin xalq uchun» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bobomiz ijodi janrlar bo‘yicha ham, mavzular bo‘yicha ham serqirra. U keng bilimli, haqiqiy shoir va o‘z xalqining fuqarosi sifatida, uning orzu-niyatlarini yuragi bilan sezib, qoraqalpoqlarning o‘lmas xalq donoligini va Qadimgi Sharqning yuksak san’atini birlashtirganligi ko‘p jihatdan uning o‘lmas asarlarining demokratizmini, xalqchilligini va ijtimoiy yo‘naltirilganligini belgilab beradi.
❇️Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bobomizning hayot yo‘llari, ijodlari haqida o‘quvchi yoshlarga keng ma’lumot berdi. Ishtirokchilar shoir ijodidan, chuqur ma’noga ega she’rlaridan so‘zlab berdi.
