05Dec-2025
“Bizni mehr birlashtiradi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
#Bizni_mehr_birlashtiradi
⭐️3-dekabr «Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish» kuni munosabati bilan Qorao‘zak tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskanida tumanimizdagi “Ko‘zi ojizlar” jamiyati bilan hamkorlikda “Bizni mehr birlashtiradi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🌟Tadbirda ko‘zi ojiz fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy hayotga yanada keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
✨Shuningdek, ishtirokchilarga inson qalbining kuchi, mehr-shafqat, o‘zaro yordam va bag‘rikenglikning ahamiyati haqida ma’rifiy ma’ruzalar taqdim etildi. Tadbir davomida jamiyat a’zolari o‘z ijodiy chiqishlari bilan qatnashib, hayotga bo‘lgan ijobiy qarashlari hamda mustahkam iroda namunasini namoyon etdilar.
⚡️Tadbir yakunida tuman “Ko‘zi ojizlar” jamiyati a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning faol hayotiy pozisiyasi alohida e’tirof etildi.
