05Dec-2025
«Konstitutsiya-taraqqiyot negizi» mavzusida IIB xodimlari bilan hamkorlikda suhbat kechasi o‘tkazildi.
#Konstitutsiya_taraqqiyot_negizi
Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan «Konstitutsiya-taraqqiyot negizi» mavzusida IIB xodimlari bilan hamkorlikda suhbat kechasi o‘tkazildi. Kecha davomida so‘zga chiqqanlar asosiy qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim ekanligi ayni vaqtda sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, konstitutsiya xalqimizning mustaqillik sari olis yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekanligi, xalqimizning tarixiy an’analarini, uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrlik orzusini o‘zida aks ettirganligi haqida aytib o‘tdilar. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, suhbat qizg‘in davom etdi.
