12Dec-2025
«Bugunning qahramoni» mavzusida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega nuroniy ustoz Zamira To‘legenova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
#Bugunning_qahramoni
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025 yil 10 fevral kungi 15-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «Bugunning qahramoni» mavzusida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega nuroniy ustoz Zamira opa To‘legenova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔷Uchrashuv davomida bugungi kun qahramoni o‘zining mehnat yo‘li yoshlarga ilm-fan sirlarini o‘rgatishdagi fidoyiligi bo‘yicha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Qahramonimiz ta’limning ahamiyati, insonning o‘z ustida ishlashi, odob-axloq, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni alohida ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar – ta’limdagi islohotlar, zamonaviy o‘quv maskanlari, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish har bir yoshning burchi ekanini tushuntirdi. O‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
