12Dec-2025
Milliy uyg‘onish davrlari: Uchinchi Renessansgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar
«Milliy uyg‘onish davrlari: Uchinchi Renessansgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar»
Qorao‘zak tumani axborot-kutubxona markazida o‘zaro fikr almashish kechasi bo‘ldi unga Qorao‘zak tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari qatnashdi, ma’lumot-bibliografiya xizmati raxbari, Markaziy Osiyo tarixıda uch Renessans bo‘lgan. Birinchi Renessans (IX-XII asrlar) al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniyning ilmiy va madaniy faoliyati bilan ajralib turgan. Ikkinchi Renessans – Temuriylar uyg‘onishi (XIV-XV asrlar) Ulug‘bek, Navoiy va Behzodning ilm-fan va san’at sohasidagi xizmatlari bilan esda qoladi. Uchinchi Renessans esa XX asr boshidagi jadidlar harakati bo‘lib, Behbudiy, Avloniy, Fitrat va Cho‘lpon xalqni savodxon, milliy ong va madaniyatga yetkazdi. Bugun esa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlagan Uchinchi Renessans Yangi O‘zbekistonni ilm-fan, ta’lim va innovatsiya asosida rivojlantirishni ko‘zlayotgani haqida ma’lumot berdi.
