13Jan-2026
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng tarzda nishonlandi.
14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» bayrami etib belgilandi.
⚡️Bugun tuman markazidagi «Madaniyat saroyi»da O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng tarzda nishonlandi.
Bayram tadbirida tuman hokimi, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, harbiy soha xodimlari ishtirok etdi.
⚡️Tadbir davomida, tuman mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari va maktablardagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki konsert dasturlari bilan davom etdi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi “Vatanni himoya qilish sharafli burch” mavzusida kitob ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
