06Feb-2026
«O‘zbekiston – umumiy uyimiz» shiori ostida «Yoshlarga milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni singdirish» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
#Yoshlarga_milliy_urf_odatlarimizni_qadriyatlarimizni_singdirish
🔹Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevral kungi 15-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida Qorao‘zak tumanida joylashgan 17-sonli umumiy ta’lim maktabida «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» shiori ostida «Yoshlarga milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni singdirish» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida milliylik va milliy urf-odatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda yurtimizda asrlar davomida shakllangan millatlararo do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik qadriyatlarining yorqin ifodasi bo‘ldi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari turli millat va elat vakillarining urf-odatlari, an’analari, milliy kiyimlari va madaniy merosi haqida ma’lumotlar berdi. Yoshlarning chiqishlari orqali O‘zbekiston – barcha millat vakillari uchun umumiy uy, tinchlik va totuvlik maskani ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
