10Feb-2026
Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy asarlari dunyo kezganda…” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
“Navoiy asarlari dunyo kezganda…”
🍀Qorao’zak tumani Axborot-kutubxona markazida yillik reja asosida tuman IIB xodimlari bilan birgalikda Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy asarlari dunyo kezganda…” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
🍀Tadbirda so’zga chiqqanlar A.Navoiy hayoti va ijodiga oid g‘azallar va Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shganligi haqida aytib o’tdi.
📒Tadbir davomida A.Navoiy kitoblaridan kitob ko’rgazma tashkil qilinib, kutubxona mutaxasisi D.Paznatdinova A.Navoiy asarlarining mazmun mohiyati, buyuk mutafakkirning ijodiy merosini chuqurroq oʻrganish, uning asarlarida ustuvor boʻlgan ezgulik va ma’rifat tushunchalarini yanada teranroq anglash imkoniga ega bo‘lmoqda dep aytib o’tdi.
💥Bu kabi ma’rifiy tashabbuslar yosh avlodlarni ajdodlar yodi va milliy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
