12Feb-2026
«Ilm – fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» munosabati bilan «Ilmli ayol-jamiyat ko`zgusi!» mavzusida bir qator soha vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
ILMLI AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-sonli Qarori 3-ilova bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 36-bandida Xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlikni va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida 11-fevral – «Ilm – fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» munosabati bilan «Ilmli ayol-jamiyat ko`zgusi!» mavzusida bir qator soha vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda «Shuhrat» medali va «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi G.Orazimbetova mehmonda bo‘lib, xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va kasb-hunar egallashdagi, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faolligi, ularning ijtimoiy taraqqiyotdagi muhim o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Faol xotin-qizlar o‘zlarining hayotiy tajribalari, ilm yo‘lidagi izlanishlari va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi. Ilmli ayol – nafaqat o‘zini, balki butun jamiyatni yuksaltiradigan kuch ekani alohida ta’kidlandi.
Ushbu tadbir ishtirokchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirib, kelgusida yanada faol va talabchan bo‘lishga undadi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar jamiyatimizda bilimli, mustaqil fikrlaydigan va yetuk ayollar safini kengaytirishga xizmat qiladi.
