15Apr-2026
«Kitobsevar millat» shiori ostida “Kitob bilan yuksalamiz” mavzusida yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish orqali ma’rifatga chorlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
«Kitobsevar millat» VI Respublika kitobxonlik haftaligi
📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli qaroriga asosan joriy yilning 13-17-aprel kunlari «Kitobsevar millat» shiori ostida 15-aprel kuni Qorao‘zak tumani axborot-kutubxona markazida “Kitob bilan yuksalamiz” mavzusida yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish orqali ma’rifatga chorlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
⚡️Tadbirda so’zga chiqqanlar Kitob dilni poklovchi, ma’naviy oziqlantiruvchi malhamdir. Kitobga mehrsiz odam tuzalmas bemorga o‘xshaydi. Kitob shunchalik quvvatga egaki, bejizga donishmandlarimiz oftob misol ko‘nglimizga iliqlik, ezgulik baxsh etishni, bilim berishni, ma’naviy boyitishni, ruhiy quvvatlantirishni, yo‘limizni mash’aladek yoritishni kitobchalik boshqa hech narsa bera olmasligini hayotiy hikmatlarda bot-bot takrorlab o‘tishgan. Darhaqiqat, kitob mutolaasi insonni o‘zini anglashga, borliqni tushunishga, umuman aytganda, sehli olamga olib kiradi. Inson uchun kundalik ehtiyoj sanalgan suv qanchalik zarur ekan, kitob ham inson hayotida xuddi shunchalik zaruratga aylansagina komillikka yetishishimiz shubhasiz ekanligi haqida aytib o’tildi.
🌟Tadbir yakunida kutubxona bo’ylab sayoxati tashkil qilindi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
