19May-2026
«Moviy jamodan tashrifi» loyihasi doirasida kutubxona mutaxassislari tomonidan kochma kutubxona tashkil qilindi.
#Ko’chma_kutubxona
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-sonli Qarori 3-ilova bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 36-bandida Xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlikni va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida «Moviy jamodan tashrifi» loyihasi doirasida kutubxona mutaxassislari tomonidan kochma kutubxona tashkil qilindi.
Yoshlar, o‘rta avlod va nuroniylar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
⚡️Xalqimiz azaldan ajdodlarimizning hayot yo‘li, o‘tgan kunlardan chiqargan xulosalari, o‘gitlarini e’zozlaydi va otalar o‘gitiga quloq tutadi.
Shu asosda Qorao‘zak tumanida «Nuroniy» jamg‘armasi tashabbusi bilan «Uch avlod» uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvga mahallada obro‘ga ega nuroniy otalar, onalar, ijodkor ziyolilar va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, jamoatchilik orasida o‘zining faolligi bilan hurmat qozonib kelayotgan o‘rta avlod vakillari, yoshlar taklif etildi.