19May-2026
«Milliy qadriyatlar va milliy liboslar kuni» munosabati bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz ko‘zgusi!
Bugun Qorao‘zak tumani Ma’naviyat va ma’rifat saroyida yurtimiz bo‘ylab har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Milliy qadriyatlar va milliy liboslar kuni» munosabati bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔹 Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun bo‘lim qoshidagi tuman tarixi muzeyiga sayohat tashkil etilib, xalqimizning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
📌 Tadbir davomida milliy kiyimlarimizning yaratilish tarixi va hududiy xususiyatlari, qadimiy yodgorliklarning bugungi kundagi ahamiyati, an’analarimizni yosh avlodga yetkazish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
