03Jun-2026
1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami munosabati bilan tuman markazidagi «Istirohat bog‘i»da bayram tadbiri keng nishonlanadi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tumanda keng nishonlandi.
⚡️Bugungi kunda mamlakatimizda bolalarga katta e’tibor qaratilmoqda.
Yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, sport va kasb-hunar maktablari qurilib, yosh avlodning bilim olishi va iqtidorini rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami munosabati bilan tuman markazidagi «Istirohat bog‘i»da bayram tadbiri keng nishonlanadi.
Unda tuman hokimi A. Baymuratov so‘zga chiqib, barcha bolalarimizni bayram munosabati bilan tabriklab, ularning baxtli va yorqin kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan buyon ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining tasviriy san’at bo‘yicha chizgan rasmlarini ko‘zdan kechirib, o‘quv qurollarini topshirdi.
Bayram tadbiri o‘yin-kulgilar bilan davom etdi.
