26Jun-2026
» Qatag‘on qurbonlari xotirasi unutilmaydi » mavzusida o‘quvchilari bilan muzeyga sayohat tashkillashtirildi.
📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-sonli qarori topshiriqlari va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-noyabrdagi 76-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash hamda Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida 2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini targ‘ib qilish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan «Qatag‘on qurbonlarining xotirasi unutilmaydi» mavzusida Qorao‘zak tumani «Quralpa» QFY hududidagi 19-sonli maktab o‘quvchilari maktabning tarix fani o‘qituvchisi SH.Edilbekovning tashabbusi bilan tumanlik Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi tuman tarixi muzeyida sayohatda bo‘ldi.
🔹 Bu o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Sayohat davomida o‘quvchilar muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimizning boy tarixi, urf-odatlari va madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda yuqori o‘rin egallaydi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt | 🌐 Telegram| 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐Instagramm|🌐Youtube
