15Sep-2026
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha muammolarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh vakillari Qoraoʻzak tumanida boʻldi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha muammolarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh vakillari Qoraoʻzak tumanida boʻldi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyatining 2026-yil 07-sentabr kungi 06/1-3381-sonli xatiga asos oila va xotin-qizlar bilan ishlashni yangi darajaga olib chiqish, ular bilan bogʻliq muammolarni kompleks oʻrganish va ularni manzilli hal etish maqsadidaRespublika ishchi guruh vakillari Qoraoʻzak tumanida boʻlishdi.
Tashrif davomida tumanda ishchi guruh vakillari tuman Madaniyat markazi hamda Axborot-kutubxona markazida boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar, xotin-qizlar va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, toʻgaraklar faoliyati hamda kutubxonadagi kitobxonlik muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida soha xodimlariga madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yanada jonlantirish va kitobxonlikni targʻibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt | 🌐 Telegram| 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐Instagramm|🌐Youtube
