15Sep-2026
Kutubxonada xotin-qizlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyati targʻib qilindi
📚 Kutubxonada xotin-qizlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyati targʻib qilindi
Tashrif doirasida tuman Axborot-kutubxona markazida xotin-qizlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan maxsus maʼrifiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Respublika ishchi guruhi aʼzolari tomonidan kitob mutolaasining inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos oʻrni haqida atroflicha fikr yuritildi. Xususan, oilada sogʻlom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasi va ularning komil inson boʻlib voyaga yetishida onalarning, qolaversa, barcha xotin-qizlarning kitobxonligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida kitobxonlikka qiziqishi baland boʻlgan faol ishtirokchi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot oʻrnatilib, ularga foydali adabiyotlar mutolaasi, shuningdek kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi. Shuningdek, hududda xotin-qizlarni kitobxonlikga kengroq jalb qilish va ular uchun qulay mutolaa muhitini yaratish boʻyicha kutubxona xodimlariga tegishli amaliy koʻrsatmalar berildi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt | 🌐 Telegram| 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐Instagramm
