19Oct-2026
KUTUBXONADA UMUMMILLIY DIKTANT LOYIHASI O‘TKAZILDI
#O‘zbek_tiliga_davlat_tili_maqomi_berilganligining_37_yil
📚 KUTUBXONADA UMUMMILLIY DIKTANT LOYIHASI O‘TKAZILDI
🌟O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarorining 7-band (g) kichik bandi ijrosi yuzasidan, shuningdek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan Qorao‘zak tumani axborot-kutubxona markazida “Umummilliy diktant” loyihasi amalga oshirildi.
🔷Unda markaz rahbari va xizmat rahbarlari faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Tadbir davomida ishtirokchilar til qoidalariga amal qilish, so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdi.
🔶“Umummilliy diktant loyihasi” davlat tiliga bo‘lgan hurmatni oshirish, til savodxonligini rivojlantirish, rasmiy ish qog‘ozlarini davlat tilida to‘g‘ri va savodli yuritish madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
