19Jan-2026
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari bilan «ZAKOVAT» intellektual o‘yini tashkil etildi.
#ZAKOVAT
14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»
💢1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandining burchidir. Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, ayni paytda armiya saflarida o‘z burchini ado etib qaytgan yurtdoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida Qorao‘zak tumani Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari bilan «ZAKOVAT» intellektual o‘yini tashkil etildi.
🔹 Tadbirda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlaridan iborat jamoalar ishtirok etib, berilgan savollarga o‘zlarining epchilliklari va ziyrakliklari bilan javoblar berdi.
🔹 O‘yin yakunida o‘zlarining bilimdonligi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan guruhlarga tashkilotchilar tomonidan diplomlar topshirildi.
