21Oct-2026
«Kitobxon-kutubxonachi» tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📚 «KITOBXON-KUTUBXONACHI» TANLOVINING QORAO‘ZAK TUMANI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi PQ-3271-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxona mudirlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish va ijodiy faolligini takomillashtirish maqsadida «Kitobxon-kutubxonachi» tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab kutubxonachilari belgilangan shartlar asosida o‘z bilimlarini, kasbiy mahoratini, kutubxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tajribasini va ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakunida 2-maktab kutubxonachisi D.Pirniyazova III o‘rin, 26-maktab kutubxonachisi J.Musayeva II o‘rin va 22-maktab kutubxonachisi U.Xamdullayeva I o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
🏆 G‘oliblarni yutuqlari bilan tabriklaymiz! Ularning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat, ijodiy izlanishlariga zafarlar tilaymiz.
